mrroot: Миржалол Нематов — Сен билмадинг

mrroot: Миржалол Нематов — Сен билмадинг
/

Mirjalol Nematov — Sen bilmading

Azoblaring dilim tilar sen bilmading
Kulay desam ko’zim yig’lar sen bilmading
Eslamadi dema bir bor go’zalginam
Eslaganim xudo bilar sen bilmading

Nima qilay bir dalli-yu devonaman
Oyog’ingla xor etganing ostonaman
Dilimdasan lekin senga begonaman
Yuragimda armon yig’lar sen bilmading

Eshit gulim armonlar to’ldi dilim
Yig’la gulim ayro tushdi endi yo’lim
Esla gulim olisdasan yetmas qo’lim
Fig’onimdan osmon yig’lar sen bilmading

Qarib armon quchib borar orzularim
Yuragninga sig’may qoldi tuyg’ularim
Qadr uchun zor yig’lagan qo’shiqlarim
Do’stim bildi g’anim bildi sen bilmading

Kelmasliging bilib o’tmoqda kunlarim
Kundan kunga azob berar qayg’ularim
Aytolmasdan armon bo’lgan so’zlarim
Armon bo’lib qolib ketdi sen bilmading

Eshit gulim armonlar to’ldi dilim
Yig’la gulim ayro tushdi endi yo’lim
Esla gulim olisdasan yetmas qo’lim
Fig’onimdan osmon yig’lar sen bilmading

Eshit gulim armonlar to’ldi dilim
Yig’la gulim ayro tushdi endi yo’lim
Esla gulim olisdasan yetmas qo’lim
Fig’onimdan osmon yig’lar sen bilmading…

Сообщение Миржалол Нематов — Сен билмадинг появились сначала на скачать песни из Тик Тока 2022.


Leave a Reply

Your email address will not be published.